«Зимний фестиваль знаний 2025»

Ochiq dars ishlanma:"O'tilganlarni mustahkamlash "

Sinf 1

Mavzu O'tilganlarni mustahkamlash

O'quvchilarga matematik tushunchalar haqida ma'lumot berish

Олимпиады: Литературное чтение 1 - 4 классы

Содержимое разработки

Sana:

Sinf :

Fan:Matematika

Mavzu: O’ tilganlarni takrorlash.

Ta`limiy maqsad: O’quvchilarni sig’im o’lchov birligi litr haqidagi tushunchalarini mustahkamlash

FK1:obyektlar to’plamidan berilgan xossaga ega bo’lgan bitta yoki bir nechtasini ajrata oiadi.

Tarbiyaviy maqsad: Barkamol avlodga xos odoblilik san’ati va madaniyatini o’rgatish. TK5: hodisalarni matematik tilda ifodalash usullaridan foydalana olish va bu usullar samarali ekanligini tushuna olish ;

Rivojlantiruvchi maqsad: Matematika faniga qiziqtirish. TK6:aniq hisob- kitoblarga asoslangan holda shahsiy rejalarni tuza olish;

Dars turi:Yangi bilim beruvchi

Darsning metodi:Savol-javob ,amaliy, tushuntirish,didaktik o’yin.

Darsning jihozlanishi:1- sinf Matematika darsligi, slad rasmlar,tarqatmalar.

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

Salomlashish.Oquvchilar davomatini aniqlash.

Assalomu alaykum aziz o’quvchilar.

Assalomu alaykum aziz ustoz muallim.

O’quvchilar aytingchi menga hozir darsimiz nima?

Matematika fanlar ichra shoh

Uning sirlaridan bo’lamiz ogoh













Bolajonlar maqsadingiz nima ?

Fikrlaymiz ,o’ylaymiz, dam olamiz ,ishlaymiz.Rahmat.

O’quvchilar bu yilni prezidentimiz tomonidan qanday yil deb e’lon qilindi?

2020-yil ‘’ Ilm ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”

Prezidentimizning 2020-yil 28-yanvardagi Oliy Majlisga murojaatnomalarida ilm ma’rifatga alohida e’tibor berdilar.

Sharq donishmandlari aytganidek “Eng katta boylik bu-aql zakovat va ilm

Raqamli iqtisodiyot nima?

Raqamli iqtisodiyot- bu iqtisodiy faoliyat bo’lib ,u har kuni onlayn tarzda odamlar, bizneslar qurulmalar va ma’lumotlar asosidagi millionlab bog’lanishlardir.

Bugungi sanamiz 14-fevral bobomiz Z.M. Boburning tavallud topgan kuni.















Z.M. Bobur kim bo’lgan ?

Z.M.Bobur shoh va shoir bo’lgan.

Z.M.Bobur ruboiylaridan namunalar keltiringchi .O’quvchilar ruboiy aytadilar.

Aytingchi biz yana fevral oyida kimning tug’ilgan kunini nishonladik?

Mir Alisher Navoiyni.

Alisher Navoiyni kim deb ataymiz?

G’azal mulkining sultoni. O’quvchilar Alisher Navoiy ruboiylaridan aytadilar.

Joriy yilda prezidentimiz tomonidan “Prezident maktablari” tashkil etildi. Bugun biz siz bilan president maktabiga sayohat qilamiz. O’quvchilarga president maktabi haqida ma’lumot beraman.

Xozir darsimiz matemetika ekan o’tilgan mavzuni takrorlab olsak .

Juftingni top o’yini”

O’quvchilar tarqatmilar asosida rasmdagi narsalarni kg va l da ifodalab guruhlarga ajratadilar.

Matematik diktant.

20 soni bilan 8 sonining yig’ndisi.

60 soni bilan 9 sonining yig’ndisi.

32 soni bilan 2sonining ayirmasi.

89 soni bilan 9 sonining ayirmasi.

Yangi mavzu: O’tilganlarni takrorlash.

1.Maktab oshxonasiga 30 ta katta va 14 ta kichik choynak keltirildi.

Maktab oshxonasiga hammasi bo’lib nechta choynak keltirilgan?

Katta choynak- 30 ta

Kichik choynak- 14 ta

Hammasi-? ta

Yechish: 30+14= 44 javo: 44 ta choynak

O`ylab top” o’yini.

Oquvchilar toq va juft sonlarni topib ta`rif beradilar.

Quvnoq daqiqa

3-masala. Bochkada 10 chelak suv bor edi .Gullarni sug’orish uchun 7 chelak suv olindi .Bochkada necha suv qoldi?

Bor edi-10 chelak suv

Olindi-7 chrlak suv

Qoldi -?

Yechish: 10-7=3 javob: 3chrlak suv.

Ha va yo’q o’yini.

Figuralarning qaysi birida burchak yo’q?

Doira- tekislikning aylana bulan chegaralangan qismi . Doirada burchak bo’lmaydi.

Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantirish. Prezident maktabiga yo’llanmani topshirish.







































Darsni yakunlash.

Uyga vazifa 5-misol. Misolni og’zaki tushuntirish.





























KATTAQO`RG`ON SHAHAR

17-IXTISOSLASHTIRILGAN DAVLAT

UMUMTA`LIM MAKTABI

BOSHLANG`ICH SINF O`QITUVCHISI

ORZIBAYEVA ADIBANING

1-“G” SINF BILAN O`TKAZGAN



MAVZU: O`TILGANLARNI TAKRORLASH















2019-2020 O`QUV YILI

Получите свидетельство о публикации сразу после загрузки работы



Получите бесплатно свидетельство о публикации сразу после добавления разработки


Олимпиады «Зимний фестиваль знаний 2025»

Комплекты учителю



Качественные видеоуроки, тесты и практикумы для вашей удобной работы

Подробнее

Вебинары для учителей



Бесплатное участие и возможность получить свидетельство об участии в вебинаре.


Подробнее