«Зимний фестиваль знаний 2025»

Dars ishlanma:Jadvaldan tashqari ko'paytirish va bo'lish

Sinf 2

Darsning mavzusi Jadvaldan tashqari ko'paytirish va bo'lish

Олимпиады: Литературное чтение 1 - 4 классы

Содержимое разработки

DARS ishlanmasi

Mavzu: Jadvaldan tashqari ko`paytirish va bo`lish





















Matematika

Mavzu: Jadvaldan tashqari ko`paytirish va bo`lish

Dars taqsimoti


1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

O`tilgan mavzuni so`rash

6 daqiqa

3

O`tilgan mavzuni mustahkamlash

4 daqiqa

4

Yangi mavzu bayoni

20 daqiqa

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

6 daqiqa

6

Dars yakuni. Baholash va uyga vazifa.

4 daqiqa

Darsning texnologik xaritasi

Mavzuning qisqacha ta’rifi: 1-4 misol va masalalarni yechish orqali ko`paytirish va bo`lish haqida bilim va ko`nikmalar berish.

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Darsning metodi: savol – javob, suhbat, , muammoli izlanish, aqliy hujum, “Zinama-zina” didaktik o`yini, “Sinkveyn”, “Venn diagrammasi” metodi.

Darsning turi: yangi bilim beruvchi

Darsning jihozi: tarqatma kartochkalar, darslik, slaydlar, didaktik o`yinlar uchun ko`rgazmalar va boshqalar.

Darsning maqsadlari:

Ta’limiy: O`quvchilarga jadvaldan tashqari ko`paytirish va bo`lishni tushuntirish;

Misol va masalalarni to`g`ri yechishga o`rgatish, hayotga tatbiq etish usullari bilan tanishtirish.

Tarbiyaviy: Matematika fani orqali hayotni to`g`ri tasavvur eta olishni,

Vatanni sevish va qadrlashni, guruhlarda ishlash orqali muommolarni ahillik, hamjihatlik bilan hal etish hissini tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: O`quvchilarni matematik topshiriqlar, didaktik o`yinlar bajarish orqali mustaqil va mantiqiy fikrlash qobilyatini rivojlantirish;

Og`zaki va yozma hisoblash malakalarini, hayotdagi har bir narsani qadrlashga, darsning mohiyatini yoritishda o`quvchilar faolligini rivojlantirish.

Kutilayotgan natija.

Dars yakunida o`quvchilar jadvaldan tashqari ko`paytirish va bo`lishni, amalda qo`llash tushunchalariga ega bo`ladilar.



Dars jarayoni

Ishning nomi

Bajariladigan ishlar mazmuni

Metod

1-bosqich

Tashkiliy qism

O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi. O`quvchilar 4 guruhga ajratiladi. Darsda rioya qilinadigan qoidalar, dars shiori belgilanadi. Rag`bat kartochkasi bilna tanishtiriladi.



Tushuntirish


Aqliy hujum

2- bosqich

O`tilgan mavzuni so`rash.

O`tilgan mavzu musobaqa tarzida guruhlardan so`raladi va rag`batlantiriladi, daftarlar almashtiriladi.

Suhbat

Savol - javob

3- bosqich

O`tilgan mavzuni mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa musobaqa tarzida guruhlardan so`raladi va rag`batlantiriladi

Dam olish daqiqasi, sonlar qatnashgan maqollar keltirish.


Musobaqa


4- bosqich

Yangi mavzuning bayoni

Yangi mavzu o`qituvchi tomonidan bayon qilinadi. 89-misol “Zinama-zina” didaktik o`yini sifatida guruhlarga beriladi. 90-masala guruhlarga beriladi.Ular unga qisqa shart tuzib, yechimini va javobini chiqarishlari kerak. G`oliblar rag`batlantiriladi.

Matematik topishmoqlar guruhlarga beriladi. Rag`batlantiriladi.

Tushuntirish.


“Zinama-zina” didaktik o`yini

Musobaqa

5- bosqich

Yangi mavzuni mustahkamlash

91-misolni bittadan har bir guruhga beriladi. To`g`ri yechganlar rag`batlantiriladi. 92-misol guruhlarga beriladi. Kim tez bajarsa, rag`batlantiriladi. Guruhlarga “Venn diagrammasi” beriladi. Rag`batlantiriladi. Har bir guruhga so`zlar berib, sinkveyn tuzish aytiladi. Fanlararo bog`laniladi. G`oliblar rag`batlantiriladi. 93-misol bittadan har bir guruhga beriladi, to`g`ri bajarganlar rag`batlantiriladi.

Muommoli izlanish

Musobaqa

“Venn diagrammasi”

“Sinkveyn”

6- bosqich

Dars yakuni. Baholash va uyga vazifa berish

O`quvchilar reytingi e’lon qilinadi, faol o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. Uyga vazifa 95-96- misol va masala tushuntiriladi.

Rag`batlantirish


Tushuntirish.



1-bosqich

Tashkiliy qism

O`quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish.Sinfni guruhlarga bo`lish.

1-guruh – Ko`paytirish guruhi

2-guruh – Bo`lish guruhi

3-guruh –Uchburchak guruhi

4-guruh – To`rtburchak guruhi

1-guruh – Ko`paytirish guruhi











2-guruh – Bo`lish guruhi















3-guruh –Uchburchak guruhi













4-guruh – To`rtburchak guruhi











Dars salomlashish she’ri bilan boshlanadi.

So`zlarning eng shirini.

Ochiq ayting sirini,

Odob bo`g`in sharbatin.

Qalb gavharin qimmatin,

Qo`l berib shu so`z bilan.

Dillar qulfun ochamiz,

Qaysi shirin so`z ekan.

Hamma; Assalomu alaykum. O`quvchilar bilan salomlashib, quyidagi topishmoq bilan murojaat qilinadi.

Hisobni o`rgatadi,

To`g`ri yo`l ko`rsatadi.

Qani, toping bolalar,

Topmagan chetda qolar.

Bu fanning nomi nima?

O`qituvchi:

Odob boshi “Assalom”

Ishning boshi intizom.

Boshlayman ustoz so`zim

Tayyormisiz o`g`il – qizim?

O`quvchilar: Tayyormiz.

O`qituvchi:Hozir darsimiz qanday dars ekan?

O`quvchi: Darsimiz riyoziyot,

Hisob – kitob qilamiz

Raqamlarning sirlarin

Puxta bilib olamiz.

O`qituvchi:

Bolajonlar, sog` - omonmisiz.

Bugungi darsga tayyormisiz.

O`quvchilar:

Hammamiz sog`-omonmiz

Matematikaga tayyormiz.

O`qituvchi: Keling darsimiz shiorini tanlab olamiz


O`quvchi: Qo`shamiz va olamiz.

Ko`paytirib bo`lamiz.

Tez va to`g`ri hisoblab,

Ham chiroyli yozamiz.

O`qituvchi:Rahmat, qanday hikmatli so`zga amal qilamiz?

O`quvchilar: Matematika fanlar ichra shoh, uning sirlaridan bo`laylik ogoh.


O`qituvchi: Darsning oltin qoidalari:

Intizomli bo`lish;

Faollik ko`rsatish;

Vaqtdan unumli foydalanish;

o`zaro hurmat;

o`ng qo`l qoidasi.


R ag`bat kartochkasi:



1 ball -





2- bosqich

O`tilgan mavzuni so`rash

O`tilgan mavzu musobaqa tarzida guruhlardan so`raladi va rag`batlantiriladi, daftarlar almashtiriladi.

O`qituvchi:

Shirin, aziz, bolajonlar,

Bog`dagi gul, lolajonlar.

Yaxshi hordiq oldingizmi?

Uy ishini qildingizmi?

O`quvchilar:

Uyda yaxshi dam oldik

Uy ishini ham qildik.

O`qituvchi:Unda sinab ko`ramiz.

  1. Sonni ikkiga bo`lganda hosil bo`lgan son nima deb ataladi?

  2. Sonni uchga bo`lganda hosil bo`lgan son nima deb ataladi?

  3. Sonni to`rtga bo`lganda hosil bo`lgan son nima deb ataladi?

3-bosqich

O`tilgan mavzuni mustahkamlash

Uyga berilgan vazifa musobaqa tarzida guruhlardan so`raladi va rag`batlantiriladi

Uyga berilgan vazifani kim aytadi?

O`quvchi: Biz uyga vazifani guruhlar asosida tekshiramiz

86-misol

24 sonining ikkidan bir, uchdan bir va to`rtdan bir qismlarini toping.

24:2=12

24:3=8

24:4=6

87-masala

Qopdagi sabzining to`rtdan bir qismi 9 kg ga teng. Bu qopdagi hamma sabzi necha kilogramm? Qopdagi sabzining ikkidan bir qismi va uchdan bir qismi necha kilogrammga teng?

Yechish:

9*4=36

36:2=18

36:3=12

O`qituvchi: Bolajonlar hayotimizda matematikaga bog`liq bo`lgan maqollar hikmatli so`zlar uchrab turadi bunga misollar keltira olamizmi?

Bolajonlar matematika faniga oid topishmoq va maqollar aytib beradilar.

  1. Sanamay sakkiz dema,

  2. Birni kessang, mingni ek.

  3. Yaxshi otga bir qamchi, Yomon otga ming qamchi.

  4. Yigit kishiga yetmish hunar oz.

  5. Bir yil tut ekkan kishi,

Yuz yil gavhr teradi.

  1. O`ynar 3 ta qiz bola,

Go`yo ochilgan lola.

Do`stlari keldi beshta,

Ayt, ular bo`ldi nechta?

  1. Ikki qo`lda nechta barmoq?

Kel sanaylik, jon o`rtoq

Bir, ikki, uch,to`rt, besh…

Jami qancha do`stim ayt?

  1. Bir chuqurda ming chuqur,

Chuqurni igna cho`qir.

O`quvchilar shu topishmoqlar javobini aytadilar. Maqollarning aytilishi va ma’nolari tushuntirib beriladi.


4-bosqich

Yangi mavzu bayoni

O`qituvchi:

Aziz bolajonlarim,

Shirintoy palvonlarim

D arslikka ko`z tashlaymiz

Yangi darsni boshlaymiz.

Yangi mavzu tushuntiriladi.























4) 100:2=

10 o`nlik :2 = 5 o`nlik

Demak, 100:2=50



Masalan: 2+2+2+2=8

2×4=8

Bugun sizlar bilan 4 sonini ko`paytirishni o`tamiz. Masalan:

4+4=8 4+4+4=12

4×2=8 4×3=12

4+4+4+4=16 4+4+4+4+4=20

4×4=16 4×5=20

Ko`paytirish jadvali bilan ishlash.

4×2=8 4×5=20 4×8=32

4×3=12 4×6=24 4×9=36

4×4=16 4×7=28 4×10=40

Bu jadvalda ko`paytma 4 tadan ortib boradi

Dam olish daqiqasi.

O`qituvchi:

Bolajonlar boshlaylik,

Yalla-novo nazmini.

Savol-javob qismi-yu.

Topag`onlar bazmini.

Savol:

O`n tup daraxt bor edi

Qo`shni bog`da,

Yana beshta ektilar

Kuzak chog`da

Chorbog`da endi qancha

Bo`ladi daraxt?

To`g`ri javob topolmay boshim karaxt

Javob:

O`n tup daraxt bor edi,

Qo`shni bog`da.

Yana beshta eksalar,

Kuzak chog`da.

Chorbog`da bo`ldi daraxt,

O`n beshta daraxt

Savol:

Bir qovunni o`n bo`lakka.

Teppa-teng bo`lib qo`ydim,

Endi meninig savolimga.

Quloq tut bilib qo`y,

Bir-biridan totli.

Tilni yoradi,

Bir ta’limin senga bersam.

Menda qancha qoladi,

Javob:

Agar bitta bo`lakni.

Menga bersang Sarvinoz,

Hisobni bil dugona.

Senda qolar to`qqizta,

O`qituvchi:

Balli zukko bolalar, endi sizlarga matematik topishmoq aytaman

Javobini topasizlar:

Arig`imiz bo`yida,

60 terak o`sadi.

Qurulish qilib akam,

40 tasini kesadi.

Arig`imiz bo`yida,

Terak endi nechta kam

Javob: 60-40=20 ta

Ikki tovuq don cho`qir.

Suv ichadi uchtasi,

Nechta tovuq bo`ladi.

Qo`shilganda bittasi

Javob: 6 ta

Bunda har bir guruh topishmoqlar aytadi.

Endi bolalar darslikdagi 2-masalani ishlaymiz. Bunda 1-guruh masala shartini tushuntiradi. 2-guruh qisqa shartini tuzadi. 3-guruh yechimi va javobini topadi

O`quvchi: 1 ta taqsimchada – 4 ta anor

8 ta taqsimchada - ? ta

Yechish:4x8=32 ta anor

Endi navbat 3-masalaga

1-guruh masala shartini tushuntiradi. 2-guruh qisqa shartini tuzadi. 3-guruh yechimi va javobini topadi

O`quvchi: Bor edi – 20 ta qo`g`irchoq

Taqsimlandi - 4 guruhga

Har bir guruhda nechtadan qo`g`irchoq bo`ldi - ?

Yechish: 20:4=5 Javob: 5

Har bir guruhga 5 tadan qo`g`irchoq berilgan.

O`qituvchi: Endi bilimlarimiz ni test orqali tekshirib ko`ramiz qasi gurux birinchi bo`lib yechsa o`hs guruh g`olib bo`ladi.

Test

  1. 3 xonali sonlar nima deyiladi?

  1. o`nlik b) birlik s) yuzlik

  1. 4 ni 4ga ko`paytirsak va 4ga bo`lsak necha son hosil bo`ladi?

  1. 1 b) 4 s) 0

  1. Olmalar soni 40 ta, o`quvchilar soni 11ta. Har-bir o`quvchiga 4tadan olma bersak nechta o`quvchiga olma yetmaydi?

  1. 3 o`quvchiga b) 1ta o`quvchiga s) hammasiga yetadi

  1. 4x4+4=? to`g`ri javobni ko`rsating.

  1. 18 b) 15 s) 20

  1. (10+2):4=? to`g`ri javobni ko`rsating.

  1. 3 b) 5 s) 2

Savol

1

2

3

4

5

Javob

s

b

b

s

a


5-bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash.


O`qituvchi: 36 soniga “Klaster” usulida ta’rif bering.

Masalan: 36 ta birlik, 3 ta o`nlik

O`quvchilar: Ular daftariga shu songa doir , misollar tuza boshlaydilar.

  1. 36-maktab

  2. Yuzligi yo`q

  3. 2 soniga bo`linadi

  4. 35 dan keyin, 37 dan oldin keladi.

  5. 36 ta birlik bor


Tezgina yozishadi. Xatosiz yozgan o`quvchilar belgilangan joyga shu sonlarni yozadilar va izohlab beradilar.

O`qituvchi: Endi o`quvchilar o`zlaringiz ham uyda “Klaster”ga oid biror bir sonni tarmoqlab kelishingiz mumkin.























O`qituvchi: Bolajonlar endi sizlar bilan qo`ziqorin terish uchun o`rmonga boramiz. Har bir qo`ziqorinimizda bittadan savol yashiringan, siz bu savollarga to`g`ri javob berishingiz kerak bo`ladi.


4x2= 4x3= 4x4= 4x5= 4x6= 4x7= 4x8= 4x9=




6-bosqich. Dars yakuni

O`qituvchi: Ana endi faol qatnashgan o`quvchilarni baholab olamiz. Buning uchun men yulduzchalar tayyorlab kelganman. Endi faol o`quvchilar uchun qizil rangli, yaxshi qatnashgan o`quvchilarga atab yashil rangli, qolganlari esa yana ham o`z ustida ishlashga chorlovchi ko`k rangli yulduzchalar beraman.

Endi men qizil rangli yulduzchani ko`rsataman. Kimda qizil rangli yulduzcha bo`lsa qo`llaringizni ko`taring.

Barakalla, sizlar bugungi darsimizning faol qatnashgan a’lochi o`quvchilarisiz.

Keyin esa yashil rangli yulduzcha tarqatilgan o`quvchilar qo`l ko`taradilar

Siz esa darsga yaxshi qatnashgan o`quvchilar hisoblaysizlar.

Oxirida ko`k rangli yulduzcha olgan o`quvchilar o`z ustida ko`proq ishlashlari kerak.

Uyda ko`proq shug`ullansangizlar a’lochilar safidan o`rin olasizlar degan umiddaman

Uyga vazifa: 5- masala va 6 misol.

6-misol

1 2:4=3 16:4=4










Xulosa.

Men 2-sinfda 4ni ko`paytirish va4 ga bo`lish mavzusida darsni o`tdim. O`quvchilarning fanga qiziqishi va mavzularni puxta o`zlashtirishi bilan belgilanishi, o`qituvchi mahoratiga bog`liqligini inobatga olgan holda darsimni turli metod va didaktik o`yinlar bilan o`tdim. Dars ishlanmamda “Klaster” metodini qo`llab, o`quvchilarni mustaqil fikrlash, bilimlarni o`zlashtirish va qiziqishini oshirishga muvoffaq bo`ldim.

Darsni musobaqa tarzida o`tkazdim o`yinsiz tom ma’nodagi aqliy rivojlanish bo`lishi mumkin emas. Bu didaktik o`yinlardan foydalanganimda o`quvchilar mavzuni juda tez o`zlashtirishga muvoffaq bo`ldim.O`yin qoidasi o`yin jarayonini to`g`ri tashkil etishga yordam beradi. U o`quvchilar xulqini, ularning o`zaro munosabatini tartibga soladi va shunga erishdim.

Darsda turli tarqatmalardan foydalanish o`quvchining mustaqil ishlash qobilyatini oshiradi.

Men bu darsda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib yuqori samaraga erishdim.

Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr:

1. Boshlang`ich ta'lim bo`yicha yangi tahrirdagi Davlat ta'lim standartlari. Boshlang`ich ta'lim. Toshkеnt: 2005 yil 5-son.

2. Axmеdov M, Abduraxmonova N, Jumayеv M. «Matеmatika». O`qituvchi kitobi. 2003 yil.

3. Bikboyеva N.U. va boshqalar. «Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasi». O`quv qo`llanma. 1996 yil.

4. Bikboyеva N.U. va boshqalar. «Matеmatika 2-darslik». Toshkеnt: «O`qituvchi» - 2003yil.

5. Jumayеv M va boshqalar. «1-sinf matеmatika daftari». 2003 yil.

6. Boshlang‘ich ta‘lim 2009 yil 5-son

7. Ziyokor 2010 yil 6-son

8. Ziyokor 2011 yil 2- son

9. 2-sinf matematika darsligi.







20



Получите свидетельство о публикации сразу после загрузки работы



Получите бесплатно свидетельство о публикации сразу после добавления разработки


Олимпиады «Зимний фестиваль знаний 2025»

Комплекты учителю



Качественные видеоуроки, тесты и практикумы для вашей удобной работы

Подробнее

Вебинары для учителей



Бесплатное участие и возможность получить свидетельство об участии в вебинаре.


Подробнее